Central Asia International Hardware Expo — Markaziy Osiyo qurilish asboblari, uskunalari va mahkamlash buyumlari bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati
24–26-noyabr 2026-yil | O‘zbekiston, Toshkent shahri, O‘zekspomarkaz, 3 va 4-pavilyonlar | Qurilish asboblari va mahkamlash buyumlari sohasidagi dunyoning yetakchi xalqaro ko‘rgazmasi HARDWARE FAIR ko‘magida | Tashkilotchi — Koelnmesse | Oldindan ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2026-yil 24–26-noyabr kunlari O‘zbekistonning Toshkent shahridagi O‘zekspomarkaz ko‘rgazmalar majmuasining 3 va 4-pavilyonlarida qurilish asboblari, uskunalari va mahkamlash buyumlariga ixtisoslashgan ilk xalqaro Central Asia International Hardware Expo (CAIHE) 2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Koelnmesse tashkilotchiligi va HARDWARE FAIR ko‘magida o‘tkaziladigan CAIHE xalqaro ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va xaridorlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yangi xalqaro B2B platformaga aylanadi. Ko‘rgazma xorijiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarga o‘z mahsulotlarini Markaziy Osiyodagi mahalliy hamda mintaqaviy xaridorlarga bevosita taqdim etish imkonini beradi.
Ichki talabning o‘sishi yangi ixtisoslashgan ko‘rgazma maydoniga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda
Infratuzilmaning rivojlanishi, sanoat tarmoqlarining modernizatsiya qilinishi va transchegaraviy savdo aloqalarining kengayishi butun mintaqada qurilish asboblari, mahkamlash buyumlari, uskunalar hamda sanoat yechimlariga bo‘lgan talabning barqaror o‘sishiga xizmat qilmoqda.
Markaziy Osiyoning muhim iqtisodiy va demografik markazlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston ushbu rivojlanib borayotgan bozorda alohida o‘rin egallaydi.
CAIHE soha mutaxassislarini bir maydonda jamlab, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, distribyutorlar va bozorning boshqa professional ishtirokchilari o‘rtasida biznes aloqalarini rivojlantirish, yangi hamkorlar topish hamda xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazma mahalliy kompaniyalarga xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan bevosita tanishish, mahsulotlarni o‘rganish va baholash, yangi biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Buning uchun xorijga safar qilish zarurati bo‘lmaydi.
Turli sohalar uchun keng mahsulot assortimenti va kompleks yechimlar
Ko‘rgazmada qurilish sohasi, sanoat ishlab chiqarishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘nalishlari ehtiyojlariga mo‘ljallangan ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchilar hamda yetkazib beruvchilarning keng turdagi mahsulotlari namoyish etiladi.
Yetkazib beruvchilarni turli manbalardan izlash va xorijiy kompaniyalar bilan alohida muzokaralar olib borish o‘rniga, tashrif buyuruvchilar bir maydonning o‘zida turli ishlab chiqaruvchilarning takliflari bilan tanishish, mahsulotlarning xususiyatlari va narxlarini taqqoslash, tijorat shartlarini muhokama qilish hamda uzoq muddatli biznes hamkorliklarini yo‘lga qo‘yishlari mumkin.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasi quyidagi mahsulot yo‘nalishlarini qamrab oladi:
Qo‘l asboblari;
Elektr asboblari;
Pnevmatik asboblar;
Payvandlash uskunalari;
Mahkamlash buyumlari va mahkamlashtexnologiyalari;
Qurilish furniturasi va metall buyumlar;
Bog‘dorchilik uskunalari hamda ochiq havoda damolish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar;
Shaxsiy himoya vositalari va mehnat muhofazasiva xavfsizlik vositalari;
Sanoat uskunalari hamda texnik xizmat ko‘rsatishuchun yechimlar.
Taqdim etiladigan mahsulotlar distribyutorlar, pudrat tashkilotlari, ishlab chiqaruvchilar, savdo kompaniyalari va mintaqaviy bozorning boshqa ishtirokchilari ehtiyojlariga yo‘naltirilgan.
Xalqaro ishtirokchilar va turli ehtiyojlarga mos yechimlar
CAIHE ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya, Shvetsiya va boshqa mamlakatlarning ishlab chiqaruvchilari hamda taniqli brendlari ishtirok etadi.
Ishtirokchilar keng turdagi asbob-uskunalar, texnik yechimlar va yetkazib berish imkoniyatlarini taqdim etadilar.
Ular orasida yuqori aniqlikda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari, ulgurji xaridlar uchun standart mahsulotlar, buyurtmachilarning individual talablariga mos yechimlar, shuningdek, moslashuvchan hamkorlik shartlari o‘rin oladi.
Bunday xilma-xillik tashrif buyuruvchilarga turli mamlakatlar kompaniyalarining takliflari bilan tanishish, o‘z biznes yo‘nalishi, bozor segmenti, narx toifasi va ehtiyojlariga mos mahsulot hamda hamkorlarni tanlash imkonini beradi.
Bozorning turli yo‘nalishlaridagi mutaxassislar uchun
Ko‘rgazma biznesning turli yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi keng doiradagi professional tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan:
Chakana va ulgurji savdo kompaniyalari;
Agentlar va distribyutorlar;
Importyorlar va eksportyorlar;
Transchegaraviy elektron savdo kompaniyalari;
Uskunalar xaridi, texnik xizmat ko‘rsatish vata’mirlash (MRO) bo‘yicha mutaxassislar;
Qurilish supermarketlari hamda uy-joy vata’mirlash mahsulotlari do‘konlari;
Qurilish va muhandislik-pudrat tashkilotlari;
Ishlab chiqarish korxonalari;
Qurilish loyihalarini ishlab chiquvchikompaniyalar (developerlar);
DIY (Do It Yourself — «O‘z qo‘ling bilan bajar»)segmenti vakillari.
Har bir tashrif buyuruvchi o‘z faoliyat yo‘nalishi, ehtiyojlari va xarid hajmidan kelib chiqib, kerakli mahsulotlar, texnik yechimlar hamda istiqbolli biznes hamkorlarini topishi mumkin.
CAIHE 2026 ko‘rgazmasiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
Oldindan ro‘yxatdan o‘tgan tashrif buyuruvchilar ko‘rgazma maydonida ro‘yxatdan o‘tish uchun sarflanadigan vaqtni tejab, biznes uchrashuvlari va ekspozitsiya bilan tanishishga ko‘proq vaqt ajratishlari mumkin.
Bundan tashqari, oldindan ro‘yxatdan o‘tgan tashrif buyuruvchilar ko‘rgazma boshlanishidan avval eksponentlarning rasmiy katalogini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu ularga ishtirokchilar ro‘yxati bilan oldindan tanishish va ko‘rgazmaga tashrif buyurish rejasini tuzish imkonini beradi.
Shuningdek, oldindan ro‘yxatdan o‘tgan barcha tashrif buyuruvchilar Hosted Buyer Programme dasturida ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin. Dastur doirasida ularga biznes ehtiyojlariga mos hamkorlarni tanlash bo‘yicha individual tavsiyalar va ko‘rgazma maydonida tashkiliy ko‘mak taqdim etiladi.
Dastur ishtirokchilari, shuningdek, sohaviy forumlar va yangi mahsulotlar taqdimotlarida ustuvor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu tadbirlar orqali ular sohadagi dolzarb tendensiyalar va yangi ishlanmalar bilan yaqindan tanishishlari mumkin.
CAIHE 2026 Markaziy Osiyoda qurilish asboblari va uskunalari bozorini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va Markaziy Osiyoda ushbu sohaga ixtisoslashgan ilk xalqaro ko‘rgazmada ishtirok eting!
CAIHE 2026 ko‘rgazmasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun rasmiy veb-saytimizga tashrif buyuring: https://www.hardwareexpo-centralasia.com/uz/
Aloqa
-
Ms. Zoey Yue
+86-21-6390 6161 ext. 828
zoey.yue@koelnmesse.cnMr. Edward Gao
Tel: +86 10 6590 7766-765
Fax: +86 10 6590 6139
Edward.Gao@koelnmesse.cn